Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






So‘xdagi Chashma bulog‘i voqealarida talafot ko‘rgan xonadonlar tiklab berildi
22.08.2020 12:39,  
145

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi anklavi So‘x tumanidagi Chashma bulog‘i voqealarida talafot ko‘rgan xonadonlar tiklab berildi​. Bu haqda DXX chegara qo‘shinlari axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumki, joriy yilning 31 may kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanidagi Chashma bulog‘i yonidan o‘tgan Qirg‘iziston bilan chegara hududida nizo kelib chiqqandi. Ushbu noxush voqealarda Chashma mahallasida yashovchi fuqarolar Rahmatjon To‘xtasinov va Ravshanjon To‘xtanazarovlarning xonadonlari katta talafot ko‘rgani bois, hukumatimiz tomonidan bu xonadonlarni tiklash bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

Abdulla Aripov So‘xdagi mojaro yuzasidan Qirg‘iziston hukumati vakili bilan uchrashadi

Abdulla Aripov So‘xda nima ishlar bilan shug‘ullandi? (foto)

Shunga ko‘ra, R.To‘xtasinovning xonadoni kapital ta’mirlangan bo‘lsa, fuqaro R.To‘xtanazarovga yangi uy qurib berildi. Qurilish-ta’mirlash ishlariga davlatimiz tomonidan 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Foto: DXX chegara qo‘shinlari

Kuni kecha ushbu xonadonlarning foydalanishga topshirish tadbiri o‘tkazildi. Unda mahalla faollari bilan birga DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ham ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан