Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Soxta DXXchilar bir fuqaroni qo‘rqitib 150 ming dollarini olib qo‘yishdi (video)
28.02.2020 16:03,  
720

Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, o‘zlarini DXX xodimi deb tanishtirgan 4 kishi bir fuqaroni 150 ming AQSh dollariga chuv tushirib ketdi.

Namangan viloyati Chust tumanida 4 nafar firibgar shaxs jabrlanuvchini mashinasida 200 ming AQSh dollari borligini bilib qolishgan va uni kuzatib yurishgan. Uni mashinasini to‘xtatib O‘zlarini DXX xodimlari deb tanishtiradi. Shundan so‘ng, avtomashina egasi pullar unga tegishli emasligini, ularni boshqa fuqaroga yetkazib berishi kerakligini aytadi.

Shundan so‘ng “soxta DXX” chilar pullarni 150 ming dollarini berishini va bu haqida hujjat rasmiylashtirmasligini aytadi. Agar pullarni berishni xohlamasa, "200 ming dollarni Qirg‘izistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan deb jinoyat ishi ochamiz, mashinangni musodara qilamiz", deb qo‘rqitadi.

Haydovchi kerakli pullarni berib, o‘zi Qirg‘izistonga qochib ketadi. Pullarni egasi vaziyat bo‘yicha IIB murojaat qilgach firibgarlar qo‘lga olinadi va ularga qarshi jinoyat ishi ochiladi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан