Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Space X fazoga 42 mingta sun’iy yo‘ldoshni olib chiqmoqchi
17.10.2019 17:36,  
147

Ixtirochi va tadbirkor Ilon Maskning Space X kompaniyasi Starlink loyihasi doirasida fazoga bir necha o‘n mingta sun’iy yo‘ldoshni uchirmoqchi. Bu haqda SpaceNews.Com portali xabar berdi.

Shunda kompaniya tomonidan fazoga chiqarilishi mo‘ljallangan jami sun’iy yo‘ldoshlar soni 42 mingtaga yetib, bu 1957 yildan boshlab butun dunyoda uchirilgan barcha sun’iy yo‘ldoshlar adadidan 5 martaga ko‘p bo‘ladi.

Space X ayni maqsadda Xalqaro elektraloqa ittifoqiga 30 mingta sun’iy yo‘ldosh uchun o‘ziga qo‘shimcha chastotalar berishni so‘rab iltimos qilgan. Kompaniya shu vaqtgacha 12 mingta qurilmani fazoda joylashtirish bo‘yicha ruxsat olib bo‘lgan.

Starlink loyihasi – butun Yer sharini koinot orqali ishlaydigan Internet bilan qoplab olishni nazarda tutgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан