Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Sputnik V” vaksinasi SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb aytildi
7.02.2021 16:32,  
241

“Bloomberg” agentligi “Sputnik V” vaksinasini SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb e’tirof etdi.Rossiya dunyodagi koronavirusga qarshi birinchi vaksinani taqdim etib, ehtimol, SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuqqa erishdi. “Bloomberg” agentligi shunday fikrni bildirdi.

Ta’kidlanishicha, “The Lancet” jurnali chop qilgan “Sputnik V” vaksinasining uchinchi bosqich klinik tadqiqotlari natijalari Rossiya vaksinasi Amerika va Yevropanikidan qolishmasligi va Xitoy preparatiga qaragandan ancha samaraliroq ekanini ko‘rsatgan.

Agentlikning yozishicha, maqola chop qilingandan so‘ng ko‘plab mamlakatlar “Sputnik V” vaksinasini xarid istagida navbatga turishgan. 19 tadan kam bo‘lmagan davlatlar vaksinani allaqachon ma’qullagan, jumlagan, Yevropa Ittifoqi a’zosi Vengriya. Braziliya va Hindiston esa uni ma’qullash arafasida.

Maqola mualliflari pandemiya ustidan g‘alaba qozonish uchun boshlangan global jangda “vaksinalar poygasi” geosiyosiy ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlashgan.

Xabarda Rossiya preparatining koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati Moskvaning, xususan, Lotin Amerikasida geosiyosiy ta’sirini kuchaytirishi mumkinligi qayd etilgan.

“Rossiya, ehtimol, sovet davridan buyon o‘zining eng yirik ilmiy yutug‘iga erishdi”,  - deya xulosa qilingan.

Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ko‘magida ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan birinchi vaksinadir: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020 yilning avgustida bu jarayonni amalga oshirgan.

Obro‘li tibbiyot jurnal hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik natijadorlikni namoyish etdi.

Bugungi kunda "Sputnik V" vaksinasi 20 dan ziyod mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan: Belarus, Vengriya, Argentina, Venesuela, Armaniston, Turkmaniston, BAA, Eron shular jumlasidan.

 

=

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан