Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Sputnik V» vaksinasi yaratuvchilari uni AstraZeneca vaksinasi bilan birlashtirishni taklif qildi
27.11.2020 19:26,  
153

Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi yaratuvchilari shved-ingliz AstraZeneca kompaniyasiga preparatlarni birlashtirishni taklif qildi. Meduza’ning xabar berishicha, bu haqda «Sputnik V»ning Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilingan.

«Ayni paytda AstraZeneca vaksinasi 62 foiz samaradorlik ko‘rsatmoqda. Agar ular yangi klinik tadqiqotlar o‘tkazsa, biz samaradorlikni oshirish maqsadida AstraZeneca’ni ‘Sputnik V’ bilan birlashtirib qo‘llashni taklif etamiz. Vaksinalar kombinatsiyasi revaksinatsiya paytida muhim bo‘lishi mumkin», — deyiladi 26 noyabr kuni e’lon qilingan xabarda.

Avvalroq xuddi shu kunda AstraZeneca ijrochi direktori Paskal Soriot Bloomberg’ga bergan intervyusida kompaniya o‘zining koronavirusga qarshi vaksinasi samaradorligiga aniqlik kiritish maqsadida yana bitta tadqiqot o‘tkazishi mumkinligini ma’lum qilgan.

Britaniyaning AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan COVID-19 koronavirusga qarshi vaksina Buyuk Britaniya va Braziliyada o‘tkazilgan oraliq sinovlarda o‘rtacha 70 foiz samaradorlikni ko‘rsatdi. Dastlabki sinov natijalari 90 foiz samaradorlikni ko‘rsatgandi.

AQShning Pfizer kompaniyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan birgalikda ishlab chiqargan COVID-19’ga qarshi vaksinaning samaradorligi 95 foizni tashkil etgan. Rossiyaning koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasi samaradorligi esa 95 foizdan oshgani ma’lum qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан