Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSSRni qo‘msab: Putin Xavfsizlik Kengashida postsovet integratsiyasini muhokama qildi
29.06.2020 19:09,  
1881

29 iyun, dushanba kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bilan videokonferensiya orqali tezkor uchrashuv o‘tkazdi.

"Bunda ichki va tashqi siyosatni, shuningdek, postsovet hududidagi integratsiya jarayonlarini muhokama qilindi", - deyiladi Kreml matbuot xizmati xabarida.

Uchrashuvda mamlakat Bosh vaziri Mixail Mishustin, Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matviyenko, Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev, Prezident devoni rahbari Anton Vaino, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, TIV Sergey Lavrov, IIV Vladimir Kolokoltsev, mudofaa vaziri Sergey Shoygu, FSB direktori Aleksandr Bortnikov, Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin va prezidentning atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya va transport bo‘yicha maxsus vakili Sergey Ivanov ishtirok etdi. 

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan, xususan postsovet integratsiya borasida aniq ma’lumotlarga to‘xtalmagan.

Avvalroq Vladimir Putin "Rossiya 1" telekanalida efirga uzatilgan "Rossiya. Kreml. Putin" filmida SSSR tarqalgach ittifoqchi respublikalar "rus xalqidan sovg‘a olgani haqida" gapirgan edi. Vladimir Vladimirovichning da’vo qilishicha, Sovet Ittifoqi parchalangach, ayrim respublikalar "Rossiyaning tarixiy-an’anaviy hududi bo‘lgan katta miqdordagi yerlarni o‘zlari bilan olib ketishgan". Aynan qaysi hududlar yoki yerlar nazarda tutilganligi ham aniq aytilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан