Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020 yilda «tez yordam»ga qancha murojaat kelib tushganini ochiqladi
28.01.2021 12:50,  
60

2020 yilda respublika bo‘yicha «Tez yordam»ga 11,5 millionga yaqin murojaat tushgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘tgan yil shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmatining xodimlari uchun ancha sertashvish yil keldi, desak, adashmaymiz. Yurtimizda shakllangan ushbu xizmatning inson hayoti va salomatligini asrashdagi o‘rni nihoyatda muhim ekanligi yana bir bor ayon bo‘ldi.

Jumladan, «103» xizmati 2019 yilda o‘n millionga yaqin chaqiriqni qabul qilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu ko‘rsatkich o‘n bir yarim millionga yaqinlashdi. 

Shundan o‘tgan yilda eng ko‘p chaqiriqlar Farg‘ona, Andijon, Toshkent, Namangan viloyatlari va poytaxtimizda (1 milliondan ziyod) kelib tushgan bo‘lib, eng kam murojaat Navoiy (355 mingdan ortiq) hamda Sirdaryo (384 mingdan ortiq) viloyatlarida kuzatilgan. 

2020 yilgi murojaatlar soni oshganligini pandemiya sharoiti bilan bog‘lash mumkin. Chunki karantin davrida Covid-19’ni yuqtirish xavfi tufayli uydan chiqishni afzal ko‘rmaganlarning aksariyati «tez yordam»ga qo‘ng‘iroq qilishdi. 

Eslatib o‘tish lozimki, tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi dasturchilar markazining Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan hamkorlik loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Toshkent shahrida xizmat mutaxassislari faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish va qayta ishlashni avtomatlashtirish, ma’lumot almashish va tez tibbiy yordam brigadalarini boshqarish bo‘yicha o‘qitildi.

Yangi tizimga ko‘ra, bir marotaba olingan ma’lumotlar tizimda elektron tarzda brigadaga to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatiladi va bu bilan vaqt bir necha marta kamayishi va tejalishiga olib keladi. Bu tizim o‘rnatilishidan avval esa chaqiriq haqidagi barcha ma’lumotlar avval dispetcher tomonidan qog‘ozga tushirib olinar edi. 

Shundan so‘ng, telefon orqali brigadalarni yo‘naltiruvchi ikkinchi dispetcherga aytilib, u ham qog‘ozga yuqoridagi ma’lumotlarni qayta tushirib, brigadaga shu ikkinchi marta to‘ldirilgan qog‘oz bilan xabar uzatar edi.

Qolaversa, yangi tizim orqali chaqiriqdan bo‘sh bo‘lgan va chaqiriq manziliga eng yaqin bo‘lgan tez tibbiy yordam brigadasiga xabar uzatish imkoni yaratilgan va ularning harakati onlayn kuzatib boriladi.

Bundan tashqari, yurtimiz bo‘ylab shoshilinch yordam ko‘rsatish xizmatlari tizimida sall-markazlar tashkil etilib, u yerda shifokorlar ham faoliyat yuritishi va lozim bo‘lganida bemorlarga «tez yordam» mashinasi yetib kelgunicha telefon orqali konsultatsiya qilib, uning yonidagi insonga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib, bemorning hayotini qutqarib qolishga ko‘maklashishi aholi salomatligini muhofazalashda muhim omil bo‘lmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан