Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV: Bayram kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi
30.12.2021 18:57,  
1388

Prezidentimizning tegishli farmoniga ko‘ra, Yangi yil bayramida yurtdoshlarimiz 31 dekabrdan 5 yanvargacha ketma-ket 5 kun dam oladi. Ana shu davrda xalqimizning xotirjamligi hamda salomatligini ta’minlash — o‘ta muhim masala. 

Shundan kelib chiqqan holda, bayram kunlarida mamlakatimizdagi tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida shtab tashkil etildi va bugun uning dastlabki yig‘ilishi o‘tkazildi. 

Unda qayd etilganidek, 31 dekabr — 4 yanvar kunlarida quyidagi davolash-profilaktika muassasalarida 40 ming nafar tibbiyot tizimi xodimi navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:

  • 995 ta oilaviy poliklinika,
  • 858 ta oilaviy shifokor punkti,
  • tuman, viloyat va respublika miqyosidagi barcha shifoxonalar,
  • ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari,
  • tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

Shuningdek:

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 180 ta aholi punktida joylashgan subfiliallarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi. Ushbu muassasalar zarur dori-darmonlar bilan ta’minlanib, zaxira o‘rinlari yartildi.

Call-markaz (1003) orqali malakali mutaxassislardan koronavirus bo‘yicha savollaringizga  tunu kun javob olishingiz mumkin.

O‘z navbatida, mamlakatimiz bo‘ylab 2861 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar uchun doimo shay holatda turadi.  

Bundan tashqari, bayram kunlari 238 ta tug‘ruq muassasasi ham uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi. 

Sanitariya-epidemiololgiya xizmatining markaziy apparati va  hududlardagi 14 ta boshqarma hamda 203 ta aholi punktida joylashgan bo‘limlarida ham 24 soat davomida 200 nafardan ziyod navbatchi shifokor, qariyb 200 nafarga yaqin vrach-laborant va yordamchi xodimlar o‘z faoliyatini davom ettiradi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram va dam olish kunlarida ishlaydigan tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorligini bildiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан