Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV Bosh prokurordan shifokorlarni kaltaklaganlarni qattiq javobgarlikka tortishni so‘radi
5.06.2020 13:07,  
383

Avvalroq, joriy yil 4 iyun kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani shifokorlar bilan noxush hodisa sodir bo‘lgani haqda xabar bergan edik.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 4 iyun kuni Sayxunobod tumanidagi «G‘alaba» mahallasiga chaqiriq bo‘yicha yetib borgan tibbiyot xodimlari mashinadan tushishlari bilan shu yerda bo‘lgan bir guruh mast holdagi kishilar tomonidan hech qanday sababsiz ayovsiz kaltaklangan.

Sirdaryoda shifokorlar 6 nafar shaxs tomonidan kaltaklandi

Natijada, 28 yoshli shifokor va 44 yoshli feldsher tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga murojaat yo‘lladi. Unda yuqorida qayd etilgan holatni nazoratga olgan holda, aybdor shaxslar qattiq javobgarlikka tortilishini ta’minlashda amaliy yordam so‘raldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан