Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV Ichki ishlar vazirligining ikki nafar ofitseri koronavirusdan vafot etganini tasdiqladi
16.07.2020 08:39,  
370

Olmazor tumanida yashovchi 36 yoshli Sh.A. tana harorati ko‘tarilishi, umumiy holsizlik sababli Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi poliklinikasiga murojaat qilgan

Shundan so‘ng “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan va 13 iyul kuni kasallik  tasdiqlangan. 

Bemor Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tibbiyot bo‘limi poliklinikasi tomonidan tibbiy kuzatuvda bo‘lgan.

So‘nggi kunlarda  bemorning tana harorati tushmagan. U o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Toshkent tumanilik  48 yoshli Sh.N. joriy yil 24 iyunda xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida bo‘lib, tana harorati ko‘tarilganligi va  holsizlik sabab  viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo‘limiga murojaat qilgan

Unda “SOVID- 19” infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat shifoxonasiga yotqizilgan. Bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgan.

Unga “SOVID-19” infeksiyasi va  ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, yurak ishemik kasalligi, surunkali bronxit tashxisi qo‘yilgan. 

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiyalar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shu yilning 14 iyul kuni uning ahvoli keskin og‘irlashgan. Reanimatsiya bo‘limi shifokorlarining muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir  va nafas yetishmovchiligidan  vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан