Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV ish beruvchilardan 20 yanvarga qadar xodimlarni emlashga chaqirishni so‘radi
14.01.2022 22:24,  
31

O‘zbekistonda 20 yanvarga qadar barcha tadbirkor va ishbilarmonlar o‘z qo‘l ostidagi xodimlarining koronavirusga qarshi vaksinalardan biri bilan emlanishini nazorat qilishi kerak. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, hozirda pandemiyaning aholi turmush darajasi va mamlakat iqtisodiga salbiy ta’sirining oldini olish va ommaviy emlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bosh davlat sanitariya vrachining 2021 yil 17 iyuldagi 11-son qarorida 18 yoshdan katta aholi qatlamini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash belgilangan. Mehnat kodeksi 113-moddasiga ko‘ra, xodim emlanishni rad etsa, ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli.

Shunga ko‘ra, ish beruvchilardan 2022 yil 20 yanvarga qadar koronavirusga qarshi emlanishini ta’minlashi hamda sababsiz emlanmaganlarni ishga qo‘ymaslik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан