Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV nafas qisishi bilan bog‘liq shikoyatlar soni ortganini ma’lum qildi
5.11.2021 12:02,  
54

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisalari kuzatilgani munosabati bilan aholiga changli havoda niqob taqish, allergik va astma kasalligi bor bemorlarga tashqariga chiqmaslikni tavsiya qildi.

«Bunday vaziyatda imkon qadar ochiq havoda yurmaslik zarur, — dedi Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova. — Ayniqsa, bronxial astma, allergik rinit, allergik konyuktivit, tomoq qichishishi bilan kuzatiladigan yo‘tal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boshqa nafas yo‘li surunkali kasalliklari bor insonlar tashqariga chiqmasliklari kerak».

Chunki bunday havo tarkibida changlar bilan birga, o‘simlik changchalari, zamburug‘ sporalari juda katta konsentratsiyada bo‘ladi. Shu bois xastaliklari bor kishilar shifokor maslahati bilan allergiyaga qarshi dori vositalari dozalarini oshirishlari lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, nim ta’sir qiluvchi tuzli suv bilan tomoq va burunlarni chayish, xonalarni yopiq saqlash, xo‘l sochiqlarni xonalarga osish, kattaroq sig‘imli idishlarga suv solib qo‘yish tavsiya qilindi.

Qayd etilishicha, ochiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yurish va ularni har ikki soatda almashtirish shart. Yosh bolalar, homilador ayollar va yoshi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor bo‘lishlari tavsiya etiladi.

«Shuningdek, agar yurtdoshlarimizda tashqi muxitdagi changlar tufayli nafas qisishi, burun bitishi, aksirish, burun oqishi, ko‘zlarda qichishish va qizarish, tomoqda kuchli qichishish, kichishish bilan kuzatiladigan yo‘tal belgilari yuzaga kelsa, tezda allergolog shifokorga murojaat qilishlari lozim», — deyiladi murojaatda.

«3 noyabr kuni „Tez yordam“ xizmatiga bo‘lgan jami chaqiriqlar soni 3433 tani tashkil etgandi, — deydi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Doniyor BO‘RIBAYeV. — Kecha esa bu ko‘rsatkich 4082 taga yetdi. Shundan 678 tasi bevosita nafas siqishi bilan bog‘liq murojaatlardir. Ushbu bemorlarga brigadamiz tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, ma’lum qismi gospitalizatsiya qilindi».

Vazirlikning qayd etishicha, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda tuman va shahar bo‘limlarida zarur dori-darmonlar bilan yetarli miqdorda to‘liq ta’minlangan. Qolaversa, ushbu holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining alohida nazorati tashkil etilgan.

Shuningdek, bunday ob-havo sharoitida zarurat sezganda, «103» xizmatiga murojaat qilib, tunu kun sifatli tibbiy yordam olish mumkinligi, SSVning «1003» qisqa raqamli Sall-markazi faoliyat ko‘rsatayotgani eslatib o‘tildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан