Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV: O‘zbekistonda 4 120 turdan ziyod farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilmoqda
31.10.2021 08:27,  
27

Sir emas, yaqin-yaqingacha yurtimizda aholi uchun zarur bo‘lgan birlamchi dori vositalari va tibbiyot buyumlari chet eldan keltirilar, ichki farmatsevtika bozoridagi mahsulotlarning oz qismigina mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilar edi.

E’tiborlisi, keyingi yillarda mamlakatimizda dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqarishni kengaytirish, farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, aholi va davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtik mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini  mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan 45 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Mazkur yo‘nalishda olib borilgan izchil islohotlar natijasida bugungi kunda O‘zbekistonning farmatsevtika bozorida o‘sish dinamikasi yiliga 8-10 foizni tashkil etib, bu orqali MDH mintaqasida eng tez rivojlanayotgan bozorlar qatoriga kirdi.

Qolaversa, so‘nggi 5 yilda mahalliy farmatsevtika bozorida qator ijobiy natijalarga erishildi. Chunonchi, 2017 yilda yurtimizda 1,4 trillion so‘mga yaqin farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda bu raqam 2,4 trillion so‘mga yetdi. Mahsulotlar hajmi o‘rtacha 2 barobar o‘sib, dori vositalari va tibbiy buyumlar 1,2 milliard shartli birlikdan ortiqni tashkil etdi.

Shuningdek, 2017 yilda yurtimizda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 149 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunda ular soni 220 taga yetdi.  Ushbu korxonalar tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotlar soni esa 4 123 taga yetkazildi. Jumladan, “Asosiy dori vositalar ro‘yxati”ga kiritilgan 461 ta dori vositasining 44 foizi bugungi kunda mahalliy ishlab chiqaruvchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан