Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​​SSV: Prezidentning tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqoti uchun Call-markazga 1500 dan ortiq murojaat kelib tushdi
20.12.2021 22:04,  
84

Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazishi xabar qilingandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ochiq muloqot uchun tashkil etilgan Call-markaz haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Call-markazga 20 dekabr holatiga ko‘ra tibbiyot xodimlari va aholi vakillaridan jami 1512 ta murojaat kelib tushgan. Tibbiyot xodimlari murojaatlarining 783 tasi (80 foizi) o‘z yechimini topgan bo‘lsa, 190 tasi (20 foizi) ijro jarayonida.

Hududlar kesimida tahlil qilinganida eng ko‘p murojaat Toshkent shahri (158 ta), Qashqadaryo (100 ta), Farg‘ona (89 ta) va Andijon (82 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish va bildirilgan takliflarga kompleks yondashish maqsadida murojaatlar:

birlamchi tibbiy yordam;

shoshilinch va tez tibbiy yordam;

ixtisoslashtirilgan markazlar faoliyati;

ilm-fan;

oliy tibbiy ta’lim;

tibbiy-ijtimoiy himoya;

farmatsevtika;

onalik va bolalikni muhofaza qilish;

sanitariya-epidemiologiya xizmati;

xususiy tibbiyot;

malaka oshirish;

sog‘lom turmush tarzi;

yuridik xizmat;

o‘rta maxsus tibbiy ta’lim;

davlat-xususiy sherikchilik kabi qator yo‘nalishlarga ajratilgan.

Yo‘llangan murojaatlarning 297 tasi sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘iniga, 109 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga, 95 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga, 74 tasi ilm-fan yo‘nalishiga aloqador hisoblanadi.

Yuqoridagilardan:

birlamchi tibbiy yordam xizmati bo‘yicha 204 ta;

tez tibbiy yordam xizmati bo‘yicha 80 ta;

ixtisoslashgan markazlar faoliyati bo‘yicha 69 ta;

ilm-fan yo‘nalishi bo‘yicha 72 ta murojaat o‘z vaqtida hal qilingan.

«Agar tibbiyot sohasiga oid g‘oya va takliflaringiz bo‘lsa, Call-markazning maxsus 1295 raqamiga murojaat qiling», — deyiladi SSV xabarida.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан