Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






​SSV: Sil kasalligidan sog‘ayish muddati 2 yildan 9 oyga qisqardi
22.12.2021 15:23,  
61

Dunyoda yiliga 8,6 million kishi tuberkulyoz (sil) xastaligiga chalinib, uning asoratlari tufayli 1 milliondan ortiq bemor vafot etmoqda. Albatta, bu — xavfli kasallik. Shunga qaramay, zamonaviy tibbiyot yutuqlari asosida uni samarali davolasa bo‘ladi. O‘zbekistonning bu boradagi ilg‘or tajribasi keyingi yillarda dunyo miqyosida e’tirof etilyapti. 

— Avvallari tuberkulyozni aniqlash uchun 3-4 oylab vaqt talab etilardi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Nargiza PARPIYeVA. — Hozirgi kunda esa bu kasallikka genno-molekulyar usuli orqali bor-yo‘g‘i 70 daqiqa ichida aniq tashxis qo‘yilmoqda. 

Ilg‘or operatsiya usullari joriy etilishi, samarali dori-darmonlar qo‘llanilishi natijasida bemorlarning kasallikdan sog‘ayish muddati ham 2 yildan 9 oyga qisqardi. Hozir olimlarimiz "Chegara bilmas shifokorlar" xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda davolanish kursini olti oyga qisqartirish ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Eng muhimi, buning dastlabki natijasi va samaradorligi bundan bir oy avval Londonda bo‘lib o‘tgan Jahon tuberkulez va o‘pka kasalliklari Kongressida e’tirof etildi.

Shuningdek, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, mamlakatimizda ushbu xastalikka chalinish holatlari 2015 yilga nisbatan 31,4 foizga kamayib, har 100 000 aholiga nisbatan 32,1 tani tashkil etgan. Vaholanki, Rossiyada bu ko‘rsatkich 54, Ruminiyada 68 hamda Ukrainada 80 taga teng.  

O‘lim holatlari esa 2015 yilga qiyoslaganda 61,3 foizga kamayib, 100 000 aholiga nisbatan 1,2 taga tushdi. O‘z navbatida, davolash samaradorligi 91,2 foizga yetkazildi. Dunyoda ushbu ko‘rsatkich 85 foiz ekanini inobatga olsak, natija ko‘lami yanada yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. 

Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi faoliyatida bunday yutuqlar ko‘p. Shu bois o‘tgan qisqa davrda silga qarshi olib borilgan tadbirlar natijalari bo‘yicha O‘zbekiston ftiziatriya xizmati Yevropa hududidagi 53 mamlakat orasida 2-o‘rinni egalladi. 

Hozir markazda Germaniyaning xalqaro sertifikatiga ega, sil mikobakteriyasini bakteriologik, molekulyar-genetik usulda, tezkor va aniq tashxislaydigan Referens-mikrobiologik laboratoriyasi mavjud.

Qolaversa, joriy yilda muassasaga xalqaro tashkilotlar ko‘magida keltirilgan 30 ta GeneXpert innovatsion texnologiyasi hududlardagi laboratoriyalarga o‘rnatilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizda bunday zamonaviy uskunalar soni 98 tani tashkil etyapti. Bundan tashqari, markaz 10 dan ortiq turli sun’iy nafas olish hamda fibrobronxoskop uskunalari bilan ta’minlandi. 

Eslatib o‘tamiz, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida yiliga 4 ming nafardan ortiq bemorni davolash imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, muassasaning 50 qatnovga ega maslahat poliklinikasi hamda hududlarda ham ftiziatriya va pulmonologiya markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан