Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV so‘nggi kunlarda aholi orasida ko‘payayotgan koronavirus yuqtirish holatlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi
11.06.2020 14:41,  
254

O‘zbekistonda aholi orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilish holatlari hamon davom etmoqda. Bunga, avvalo, odamlarimizning hotirjamlikka berilib, karantin qoidalariga qat’iy rioya etishmayotgani sabab bo‘lmoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Afsuski, so‘nggi uch kun davomida, jumladan, 8 iyun kuni kasallik qayd etilgan jami 109 nafar bemorning 66 nafari, 9 iyun kuni koronavirus aniqlangan jami 80 nafar bemorning 25 nafari  hamda 10 iyun kuni sanasida yurtimizda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 103 nafar bemorning 27 nafari aholi orasida aniqlangan. 

10 iyundagi holatni hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, 11 nafari Toshkent viloyatidan, 7 nafari Toshkent shahridan, 3 nafari Sirdaryo viloyatidan, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 2 nafardan, 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatidan.

Misol uchun, Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilib, uy sharoitida davolangan fuqaroda, Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasining 2 nafar inspektorida, Shayxontohur tumanidagi “Mediapark” savdo majmuasi sotuvchisining onasida koronavirus aniqlangan.
Bundan tashqari, Toshkent viloyatida yashovchi, Yunusobod bozorida ziravorlar savdosi bilan shug‘ullanadigan fuqaroning 2 nafar oila a’zosida, Bekobod va Toshkent tumanlarida yashovchi 2 nafar fuqaro hamda Toshkent tumanidagi “Amerikan gospital” xususiy klinikasi kichik tibbiyot xodimida ham kasallik tasdiqlangan.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasi aniqlangan Sirdaryo viloyati Ichki ishlar  xodimining qo‘shnisi va u bilan muloqotda bo‘lgan 2 nafar tikuvchilik sexi xodimlarida, Samarqan viloyati “Maroqand” DUKning 2 nafar xodimi ham koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi.

Bugun ayni paytga qadar kasalligi  aniqlangan 72 nafar bemorning 20 nafari Karantin markazidagi fuqarolar  orasida aniqlangan bo‘lsa, qolgan 52 nafari aholi orasida qayd etilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi xorijiy korxonaning bir yo‘la 28 nafar xodimida, Toshkent shahri Yunusobod bozorining yana 2 nafar sotuvchisida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан