Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV soxta «tabiblar» ta’siriga tushib qolishdan ogohlantirdi
5.04.2021 08:08,  
336

Kelib chiqishi Iroqning Kurdiston viloyatidan bo‘lgan Mullo Mahmud Hasan Ali Kalak Kurdistoniy bir necha kun muqaddam o‘zining YouTube-sahifasida O‘zbekistonga tashrif buyurishi, Samarqand va Buxoro shaharlariga borishini ma’lum qildi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ham fuqarolarni soxta «tabib"larga ishonib qolmaslikka chaqirdi.

SSV xabarida qayd etilishicha, zamonaviy tibbiyot ilmiy asoslangan va klinik amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan natijalarga, xalq tabobati esa uzoq yillik kuzatuv, sinov va tajriba natijalariga tayanadi. Ilohiy shifoning asosini esa ishonch va e’tiqod tashkil etadi.

«Inson ruhiyati orqali davolashni maqsad qilgan yana bir toifa tabiblar borki, hamma vaqt ham ularning usullarini quvvatlab bo‘lmaydi, — deyiladi xabarda. — Gipnoz va ekstrasenslik qobiliyatlaridan foydalanish orqali, biotok va energetika maydonlari hamda turli diniy udumlarni qo‘llash yordamida davolashga urinish ana shular jumlasidandir».

Vazirlik ham aholining ishonch va e’tiqodidan foydalanib, soxta tabiblik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayrim kimsalarning aldoviga uchrab qolishdan ogohlantirdi. «Noodatiy yo‘llar bilan davolashni taklif qilayotgan ayrim soxta tabiblar ta’siriga tushib qolishdan ehtiyot bo‘ling».

Ta’kidlanishicha, Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 29 dekabrda 3111 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat ko‘rsatish tartibi va hajmlari to‘g‘risida"gi nizomda okkultizm-afsun, shuningdek, diniy marosimlar orqali kasalliklarni davolash xalq tabobati hisoblanmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Bloger, Turkiyaning Fotih Sulton Mehmed universiteti doktoranti Muhammad Odil Hamid Mullo Mahmud Hasan Ali Kalak Kurdistoniy hatto SPID, saraton kabi kasalliklardan xalos qilish, ko‘rlarning ko‘zini, karlarning qulog‘ini ochishini da’vo qilishini aytib o‘tdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан