Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV: Yurtimizda ilk bor tizza artrozlarini kichik boldir suyagi rezeksiyasi yo‘li bilan davolash yo‘lga qo‘yildi
3.01.2022 16:28,  
277

Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida turli jarohat va tug‘ma nuqsonlar, tayanch-harakat a’zolari shakli va funksiyalari buzilishi bilan bog‘liq xastaliklar davolanadi. 

SSV Matbuot xizmati markaz direktori Murod Irismetov bilan 2021 yilda muassasa faoliyatidagi muhim o‘zgarishlar, amalga oshirilgan murakkab operatsiyalar, aholi orasida eng ko‘p uchraydigan ortopedik kasalliklar xususida.

—  Yirik bo‘g‘imlarni endoprotezlash, artroskopik operatsiyalar, umurtqa endoskopik xirurgiyasi, bolalarda ko‘krak qafasi deformatsiyalari, skolioz, suyak va bo‘g‘imlarning tug‘ma anomaliyalarini operativ davolash singari yo‘nalishlarda markazda yangi standartlar asosida murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilmoqda, — deydi M. Irismetov. — Mamlakatimizda ilk marotaba perkutan transforaminal endoskopik diskektomiya amaliyoti va tizza artrozlarini kichik boldir suyagi rezeksiyasi yo‘li bilan davolash muassasamizda yo‘lga qo‘yildi.

Qolaversa, malakali mutaxassislarimizning hududlarga muntazam chiqishlari tashkil etilmoqda. Bu jarayonda 2 ming 788 nafar bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilib, 141 ta mahorat darsi o‘tkazildi. Joylarda amalga oshirilgan 240 dan ziyod operatsiyalarning 141 tasini yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari tashkil qildi.

Bundan tashqari, 2021 yil tibbiyot markazida bajarilgan 7 ming 150 ta operatsiyadan 3 ming 968 tasi ham ana shunday murakkab amaliyotlar hisoblanadi. Taqqoslash uchun aytsak, 2020 yil davomida o‘tkazilgan 5 ming 42 ta operatsiyadan 2 ming 837 tasi yuqori texnologik amaliyotlardan iborat edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kattalar ortopedik kasalliklari orasida yirik bo‘g‘imlar artrozlari, umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi va uning oqibatlari birinchi o‘rinda turadi. Ushbu kasalliklarning kelib chiqishiga semizlik, kamharakatlik, noto‘g‘ri ovqatlanish kabi qator omillar sabab bo‘ladi.

Bolalar ortopedik kasalliklari orasida son suyagining tug‘ma chiqishi, tug‘ma bo‘yin qiyshiqligi va tug‘ma maymoqlik ko‘p uchraydi. Oyoq panjalarining statik va tizzalar deformatsiyalari orttirilgan patologiyalar orasida eng yuqori o‘rinlarni egallaydi. 

Ana shu kasalliklarni erta aniqlash va samarali davolashda markazimizda yaratilgan shart-sharoitlar, bu yerda amaliyotga tatbiq etilayotgan ilg‘or muolaja usullari qo‘l kelmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан