Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV: Yurtimizda Omicron shtammi aniqlandi, ehtiyot choralari kuchaytiriladi
9.01.2022 15:50,  
342

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotgani, ushbu kasallikka qarshi zarur choralar ko‘rishni davom ettirish lozimligi qayd etildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan koronavirus infeksiyasining yangi Omicron shtammining keng tarqalayotganligi haqida bergan bayonotiga ko‘ra, dastlab Afrikada, keyinchalik Yevropa va Osiyo davlatlarida aniqlangan.

2021 yil dekabr oyidan boshlab AQSh, Daniya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Rossiya, Isroil, Niderlandiya, Fransiya, Yaponiya, Hindiston kabi bir qator davlatlarda koronavirusning yangi Omicron shtammi keng tarqalib, epidemiologik vaziyat keskinlashib borayotganligi munosabati bilan bir qator qo‘shimcha karantin cheklovlari joriy etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatimizga kelgan xorijiy davlat fuqarosidan COVID-19ning yangi Omicron shtammi joriy yilning 7 yanvar kuni aniqlangan.

Yig‘ilishda koronavirus pandemiyasiga qarshi choralar ko‘rishni qat’iy davom ettirish masalasi atroflicha muhokama qilindi. 

Xususan, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazorat kuchaytirilmoqda.

Bunda, barcha tashkilot, korxona va muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarning kirish qismida niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotiga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning fuqarolarimizni Umra ziyoratlaridan qaytishlarida koronovirusga PZR yoki ekspress testni Saudiya Arabistoni hududida o‘zbek tibbiyot xodimlari tomonidan olinishi va manfiy natijasiga muvofiq kirib kelishini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Aholini to‘liq emlash va buster doza bilan emlash ishlari jadallashtiriladi.

Vazirlik va idora rahbarlari, tashkiliy shaklidan qat’iy nazar, barcha tashkilotlarda ishchilarning emlangandan so‘ng ish joylariga kiritishga ruxsat beriladi. Mazkur tartibni buzgan tashkilot rahbarlariga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qat’iy chora ko‘riladi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. Ushbu tadbirlarga OTM rahbarlari shaxsan mas’ul etib belgilanadi.

Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2022 yil 15 yanvardan boshlab quyidagi tartib joriy qilinmoqda:

xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchilar kelishidan kamida 48 soat oldin topshirilgan koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichli ma’lumotga ega bo‘lishi; 

koronavirus infeksiyasiga PZR test natijasi bo‘yicha manfiy ko‘rsatkichga ega ma’lumotnoma bo‘lmaganda, aeroport, temir yo‘l vokzallari va chegara o‘tkazish punktlarida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga ekspress test topshirishi shart.

Vazirlik, idoralar va boshqa davlat tashkilotlari hamda xo‘jalik birlashmalarida mamlakatda amal qilayotgan karantin cheklovlari sharoitida aholi salomatligini ta’minlash, mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorligini saqlash maqsadlarini ko‘zda tutib, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан