Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






SSV: Yurtimizga “Sinovak” vaksinasi olib kelindi
13.10.2021 08:20,  
60

Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida COVID-19ga qarshi Xitoyda ishlab chiqarilgan “Sinovak” vaksinasi olib kelinishi haqida xabar bergan edik. 

Hozirgina Istanbul – Toshkent reysi bilan mamlakatimizga keltirgan   “Sinovak” vaksinasining 200 ming dozasi shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparati yurtimiz vakillari tomonidan qabul qilib olindi.

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asosida olib kelingan “Sinovak” vaksinasi mamlakatimizga keltirilgan oltinchi vaksinadir.

Shunday qilib, yurtimizga emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 28 673 528 dozani tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан