Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sud Jahongir Otajonov ishi bo‘yicha yakuniy qaror chiqardi
16.08.2021 11:02,  
1638

2021 yil 26 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudya Temurjon Yusupov raisligida J.Atajanovga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik ishi ko‘rib chiqildi.

Ish hujjatlariga ko‘ra, J.Atajanov 2021 yil 27 iyun kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tuman hududida ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi Sh.Sayfuddinov va boshqa IIO FMB xodimlarini har xil sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganligi yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Sud majlisida huquqbuzar J.Atajanov o‘z ko‘rsatmasida, “Haqiqatdan ham, 2021 yil 27 iyun kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tuman hududida ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar IIBB YHXB xodimi Sh.Sayfuddinov va boshqa IIO FMB xodimlarini har xil sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilganman. Hozirda aybimga to‘liq iqrorman, qilgan ishimdan pushaymonman. O‘zimga tegishli xulosa qildim”, deya IIO FMB xodimlaridan kechirim so‘raganligini ma’lum qilib, suddan yengillik berishni so‘radi.

Sud huquqbuzar J.Atajanovning harakatlariga huquqiy baho berib, uning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 41-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb hisobladi.

Sud J.Atajanovga ma’muriy jazo tayinlashda, ish hujjatlari bilan tanishib, huquqbuzarning ko‘rsatmalarini tinglab, uning shaxsini, aybiga iqrorligini va pushaymonligini, o‘ziga tegishli xulosa chiqarganligini inobatga olib, uni MJtKning 21-moddasiga asosan javobgarlikdan ozod qilib, ogohlantirish bilan kifoyalanishni lozim topdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан