Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sud qaroridan keyin Braziliya koronavirus rasmiy statistikasi berishni tikladi
10.06.2020 10:03,  
129

Braziliya Oliy Sudi qarori bilan hukumat rasmiy veb-sahifasida mamlakatda Covid-19 koronavirusi tarqalish ko‘lami va shunga doir ma’lumotlar aks etgan statistika ma’lumotlari berilishi qayta tiklandi.

Braziliyada koronavirus aniqlanish va bu virusdan o‘lim holatlari soni keskin o‘sishi oqibatida mamlakat Prezidenti Jair Bolsonaro buyrug‘i bilan koronavirusga oid rasmiy statistikani yuritish tartibi o‘zgarayotgani vajidan kunlik aniqlanish holati hamda o‘lim holatlari soni berilmayotgan edi. Ofat miqyosini berkitish jamoatchilik tomonidan norozilik bilan qarshilandi.

Seshanba kuni kechqurun holatiga ko‘ra, Braziliyada 739 503 ta koronavirus holati qayd etilgan. O‘lim ko‘rsatkichi esa 38 406 tani tashkil qiladi. Braziliya koronavirus aniqlanishi bo‘yicha AQShdan keyin ikkinchi, o‘lim holatlari soni bo‘yicha AQSh va Buyuk Britaniyadan keyin uchinchi o‘rinda turadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан