Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sud-tibbiy ekspertizasi tomonidan Gulnora Karimovada surunkali kasalliklar borligi aniqlangan
17.07.2019 19:01,  
107

Gulnora Karimova 2017 yil dekabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilganda unda ma’lum bir surunkali kasalliklar aniqlangan. Bu haqda 17 iyul kuni IIV huzuridagi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi (JIEBB) vakillari jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Avvlaroq, Gulnora Karimovaning manfaatlarini himoya qilayotgan shveysariyalik yurist Greguar Manja Shveysariya Gulnora Karimovaning sog‘lig‘iga bog‘liq muammolar sabab 555 million dollarni O‘zbekistonga qaytarish jarayonlarini to‘xtatib qo‘yganini ma’lum qilgan edi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan turli xabarlar yuzasidan Gulnora Karimova saqlanayotgan ayollar koloniyasida o‘rganish o‘tkazgan. O‘rganish jarayonida Gulnora Karimovaga jismoniy, psixologik yoki ruhiy bosim o‘tkazish holatlari kuzatilmagani qad etilgan. Ushbu davrda Gulnora Karimova salomatligi hisobga olingan holda biror marta ham mehnat faoliyatiga jalb qilinmagan, buni mahkumalar ham, koloniya ma’muriyati ham tasdiqlagan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan anjumanda JIEBB Davolash profilaktika yordamini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Yusupov mahkuma Gulnora Karimovada o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar haqida axborot berdi.

«Jazoni ijro etish muassasiga kelib tushgan har bir shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qon tahlili natijalari va boshqa turdagi tibbiy ko‘riklar amalga oshiriladi. Mahkuma Gulnora Karimova ham shu kabi tekshiruvlardan o‘tgan. Karimova 2017 yil dekabr oyida Sog‘liqni saqlash vazirligi sud-tibbiy ekspertizasidan o‘tkazilganda unda ma’lum bir surunkali kasalliklar aniqlangan. U 2019 yil 14 martda 21-sonli jazoni ijro etish muassasiga kelib tushganda ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Gulnora Karimovada mavjud bo‘lgan surunkali kasalliklar zo‘rayib ketmasligi uchun bir qancha mutaxassislar jalb qilingan. Jumladan, tibbiy tekshiruv jarayonlarida endokrinolog, gastroenterolog kabi 10 dan ortiq shifokorlar yordamidan foydalanilgan. Bu shifokorlar bevosita Jazoni ijro etish bosh boshqarmasidagi mahkumlarga mo‘ljallangan mutaxassis shifokorlar hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi yetakchi mutaxassis shifokorlaridir. Hozirda Karimovaning salomatligi qoniqarli», — dedi Bahodir Yusupov.

Ma’lmuot uchun, Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2017 yil 18 dekabrdagi hukmi bilan 1972 yilda tug‘ilgan Karimova Gulnora Islamovnaga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Gulnora Karimova jazoni o‘tash tartibi va shartlarini qasddan buzganligi sababli jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmatining taqdimnomasiga asosan, 2019 yil 5 martda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudi tomonidan unga nisbatan tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan muddati ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilib, umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан