Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sud tizimida yangi tayinlovlar.Ayollar o‘z o‘rnida qoldi
19.02.2021 21:15,  
608

Joriy yilning 19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda. Unda sudyalik lavozimining birinchi va navbatdagi muddatga, shuningdek, vakolat muddatiga qayta tayinlash masalalari ochiq tanlov shaklida ko‘rib chiqildi.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘tgan ochiq tanlov natijalariga ko‘ra, sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddati uchun hujjat topshirgan 12 nafar nomzodning 5 nafari sudyalik lavozimiga loyiq ko‘rildi. Ularning 2 nafari sudyalik lavozimiga noloyiq deb topilgan bo‘lsa, 5 nafari zaxiraga qoldirildi.

Shuningdek, kengash 8 nafar nomzodning sudyalik lavozimida bo‘lish muddatiga qayta tayinlash masalasini ko‘rib chiqib, 4 nafarini munosib deb topdi, qolganlari zaxiraga qoldirildi. Bundan tashqari, besh yillik faoliyati yakuniga yetgan yana 8 nafar sudyaning barchasi navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlandi.

E’tiborlisi, nomzodlarning to‘rt nafari ayollar bo‘lib, birortasi ochiq tanlovda «qoqilgani» yo‘q. Shu tariqa O‘zbekistonda ayol sudyalar soni 160 nafarga yetdi.

Demak, Sudyalar oliy kengashining tegishli qarorlariga ko‘ra:

Zavqiddin Zayniddinovich Yarashev birinchi besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudining sudyasi lavozimiga;

Sarvar Murtazayevich Mustafayev birinchi besh yil muddatga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Dilfuza Urazaliyevna Opayeva birinchi besh yil muddatga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Sharof Zoirovich Eshimov birinchi besh yil muddatga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi lavozimiga;

Azizbek Nurmagamedovich Djalilov birinchi besh yil muddatga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek:

Asqarali Axmadjonovich Ummataliyev — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Andijon viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Muxtarama Maxamadaliyevna Turgunova — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Muyassar Qaxxarovna Sultanova — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Namangan viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Otabek Rayimovich Berdiyev — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan — besh yil muddatga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Boysun tuman sudining raisi lavozimiga;

Feruza Inomjonovna Djalalova — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Shomurod Xamdamovich Begmatov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Jizzax viloyati Zomin tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;

Shavkatbek Xalimovich Ramazonov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Qaxramon Omonovich Xolmurodov — sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan — besh yil muddatga Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Bundan tashqari:

Giyosiddin Tulkinovich Yalgashev — sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Jamol Zaxirovich Matniyazov — sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Muydinjon Muxtorovich Salimov — sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Tojiddin Nasimjonovich Madraximov — sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi. Shu munosabat bilan ularning barchasi avval egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан