Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sud «UzAuto Motors» ishini qayta ko‘rib chiqadi
3.12.2020 20:56,  
562

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining Toshkent shahar ma’muriy sudining shu yilning 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga nisbatan keltirgan apellyasiya shikoyatini sud qabul qildi.

Joriy yilning 11 dekabr kuni  Toshkent shahar ma’muriy sudi «UzAuto Motors» ishini qayta ko‘rib chiqadi. «UzAuto Motors»ning Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maxsus komissiyasi qarorini haqiqiy emas, deb topish to‘g‘risidagi shikoyat arizasi bo‘yicha shu yilning 30 oktyabr kuni sudning hal qiluv qarori qabul qilingandi.

Qo‘mita vakillari sudning qaroridan norozi bo‘lib, yuqori instansiyaga murojaat etishini bildirgandi. 

Kun.uz’ning Oliy suddagi manbasi ma’lumotiga ko‘ra, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi apellyasiya shikoyatini keltirib, «UzAuto Motors» arizasini qanoatlantirishni rad etishi va yangi hal qiluv qarori qabul qilishini so‘ragan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahar ma’muriy sudining 2020 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan, arizachi «UzAuto Motors» AJning javobgar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga nisbatan shikoyat arizasi qanoatlantirildi va Maxsus komissiyaning 21/31-sonli ish bo‘yicha 2020 yil 19 avgustdagi qarori haqiqiy emas, deb topildi.

Qo‘mitaning boshqarma boshlig‘i Ulug‘bek Davlatov joriy yil 26 avgust kuni Kun.uz’ga bergan intervyusida maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qaror mohiyati va voqealar rivoji haqida gapirib bergandi.

Sudya G‘olib Davlatov 30 oktyabr kuni «UzAuto Motors» ishi bo‘yicha o‘z qarorini sharhlab bergandi. Shundan keyin, jamoatchilikda yana savollar paydo bo‘la boshladi. Kun.uz sudyaning o‘z qaroriga bergan sharhini qonun manbalari bilan solishtirib ko‘rgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан