Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sun’iy tishlarning salomatlikka ta’siri qanday?
21.09.2020 12:14,  
687

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Toshkent davlat stomatologiya instituti dotsenti, tibbiyot fanlari doktori Saidazim Murtazoyev bilan tishlar salomatligi va sun’iy tish borasida suhbatlashdi.

Savol: Qanday holatlarda bemorlarga sun’iy tish qo‘yish tavsiya etiladi?

– Umuman olganda tish va tish qatori nuqsonlari mavjud bo‘lgan barcha bemorlarga sun’iy tish qo‘yish mumkin. Bundan bemorlarni funksional, ya’ni chaynash, nutq va albatta, estetik nuqsonlari tiklanadi.

Bemorga sun’iy tish quyish jarayoni murakkab bo‘lib, bunda bemorni umumiy va mahalliy tekshiruvlar asosida olingan natijalarga asoslanib, shifokor ortoped - stomatolog va zarur hollarda stomatologiyaning boshqa yo‘nalishlari mutaxassislari bilan hamkorlikda qaror qabul qilinadi. Shundan so‘ng, bemor uchun sun’iy qoplama turi, xom ashyosi va qancha muddatga qo‘yilishi bo‘yicha jarayon olib boriladi.

Tibbiyot fanlari doktori Saidazim Murtazoyev. Foto: SSV

Savol: Sun’iy tishlarning turlari, bir-biridan farqi, narxlari, chidamlilik muddati, inson salomatligiga salbiy yoki ijobiy ta’siri haqida ham gapirib bersangiz?

– Sun’iy tishlar – tish toj qismining turli ichki va tashqi sabablariga ko‘ra, qisman yoki to‘liq yemirilishida, shuningdek, qatorlarining kichik, o‘rta va katta nuqsonlarni tiklash maqsadida tavsiya etiladi.

Sun’iy tishlarning turlari xilma-xil bo‘lib, bir biridan ma’lum bir xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi. Masalan, foydalanish vaqtiga ko‘ra, (doimiy va vaqtinchalik), bajaradigan vazifasiga (tiklovchi, himoya, tayanch) va tayyorlanish usuliga (ezib, quyish, kuydirish, charxlash, bosim ostida presslash) hamda xom ashyosiga ko‘ra (metall va metallmas, keramika, mineral(sirkon dioksid)) kabi turlarga ajratiladi.

Sun’iy tish turlari ma’lum bir ko‘rsatmalar asosida bemorlarga tavsiya etiladi. Ushbu ko‘rsatmalar bemorlarda umumiy va mahalliy tekshiruvlar natijasida olingan xulosalar, bemorlarning xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda shakllanadi.

Har qanday sun’iy tishlar yoki protezlarni xizmat vaqti o‘rtacha 5-7 yilni tashkil qiladi. Albatta, bu jarayon bemorni sun’iy tishlardan foydalanish madaniyatiga ham bog‘liq. Ushbu sun’iy tishlar tabiiy tishlar kabi doimiy parvarishda va 1 yilda kamida 2 marta shifokor stomatolog nazoratida bo‘lishi kerak.

Sun’iy tishlarning narxi shifokor stomatolog mutaxassisining mahorati, bilim, tajribasi, sun’iy tishlar tayyorlanish usuli, xom ashyosi, uni tayyorlaydigan tish texnik mahoratidan kelib chiqqan holda o‘rnatiladi.

Sun’iy tishlar to‘g‘ri o‘rnatilgan taqdirda inson salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан