Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Superliganing uchta turi Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda
10.07.2020 15:27,  
89

Avval xabar berganimizdek, 10 iyuldan 1 avgustga qadar butun O‘zbekiston "qizil" hudud deb e’lon qilindi. Bugun esa 13 iyuldan viloyatlararo temir yo‘l va avia qatnovlar ham to‘xtatilishi ma’lum bo‘ldi.

Shu sababli O‘zbekiston Professional futbol ligasi Coca Cola Superliganing 10, 11 va 12-tur uchrashuvlarini markazlashgan holda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazish rejasini ishlab chiqishni boshladi. Bu haqda O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev o‘z Telegram kanalida xabar bermoqda.

Bu borada klublarga rasmiy xat orqali xabar berilgan.

"Markazlashgan holatda biz birinchi navbatda Superliga uchrashuvlari davomiyligini saqlab qolamiz, uchrashuvlarni va klublarni nazorat qilishdagi qiyinchiliklardan qisman xalos bo‘lamiz", - deydi Imomxo‘jayev.

Shu bilan birga IIV, SES hamda MTRK, shuningdek, Lokomotiv, Bunyodkor, Paxtakor, AGMK va Metallurg klublarining qo‘llab-quvvatlovi ham kerak bo‘ladi.

Shuningdek, Pro liga bahslari hamda futzal bo‘yicha O‘zbekiston birinchiligi vaqtinchalik to‘xtatib turiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан