Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Supermarket va bozorlarga kirishdagi termometrlar natijasining statistikasi olib borilyaptimi?
11.05.2020 19:19,  
170

Avval xabar qilinganidek, bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Savol: Supermarket va bozorlarga kirish joyidagi termometrlar natijasining statistikasi olib borilyaptimi?

Javob: Bunday ma’lumotlarni joylarda yig‘ish, jamlash, yuqori tashkilotlarga uzatish, tuman, shahar, viloyatlar va respublika darajasida shakllantirish hamda tahlil qilish juda mushkul jarayon. Harorati ko‘tarilgan shaxslarning nechtasi shifoxonaga borganligini surishtirish va aniqlashning imkoniyati ham yo‘q.

Asosiy maqsad — tana harorati ko‘tarilganlarning sonini sanash emas, balki ularni kasallik manbayi sifatida boshqalardan alohidalash, bir paytning o‘zida ko‘proq odamlar bilan muloqotda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Afsuski, ayrim joylarda bu ishlar nomigagina qilinyapti, harorati past yoki baland ekanligiga qaralmayapti. Buning esa oxiri voy bo‘lishi mumkin. Koronavirusdan qutuldik, degan davlatlarda, kasallik epidemik avjining yangi to‘lqini paydo bo‘layotgani hammamizning ko‘zimizni ochishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан