Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Suriyadagi o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun uchinchi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda
29.11.2020 10:38,  
193

«Fuqarolarimizni Vatanga qaytarish O‘zbekiston hukumatining bevosita majburiyatidir. Ushbu maqsaddagi chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida faqat insonparvarlik tamoyillariga tayaniladi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston rahbariyati «Mehr» insonparvarlik operatsiyasini ilk bor 2019 yil may oyi oxirida amalga oshirgan, o‘shanda 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan ayollar va bolalar Uzbekistan Airways’ning Suriya poytaxti Damashqdan amalga oshirilgan maxsus reysi bilan O‘zbekistonga olib kelingan edi.

Keyinchalik ushbu operatsiya davomida O‘zbekiston tomoni ma’lum bir qiyinchiliklarga duch kelgani ayon bo‘lgan edi. Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir davlat Suriyadan vatandoshlarni olib qaytish uchun O‘zbekiston samolyotini urib tushirish bilan tahdid qilganini ma’lum qilgan edi.

2019 yilning oktyabr oyida esa Yaqin Sharqdagi mojarolar hududidan o‘zbekistonliklarni qaytarish bo‘yicha ikkinchi maxsus operatsiya amalga oshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан