Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida 2 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi
10.07.2020 10:17,  
493

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi 35 yoshli S.S. (erkak) joriy yil 28 iyun kuni tomog‘ida og‘riq sezgan, nafas yo‘llari yallig‘langan. Ammo hech kimga murojaat qilmay, uyida o‘zicha davolangan.

2 iyul kuni sog‘lig‘i yomonlashavergach, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Unda “COVID-19” tasdiqlangan va viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas, yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, qandli diabet, semizlik va surunkali piyelonefrit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi 55 yoshli J.O‘. (erkak kishi) 6 iyul kuni “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan, shu kuni Zarafshon shahridagi shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi tashxisi qo‘yilgan. U gipertoniya kasalligi, arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, semizlik kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi asorati bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Shuningdek, ayni vaqtga kelib O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 52 kishiga yetdi.

Ushbu virusni jami 11 723 kishi yuqtirgan bo‘lsa, 7 287 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan hamda 4 384 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан