Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryo viloyati hokimligi sayti faoliyati qayta tiklandi.Xakerlarni qanday jazo kutmoqda?
7.01.2021 11:13,  
391

Avval xabar qilganimizdek, 2021 yilning 6 yanvar kuni Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimliklarining rasmiy saytlari hakerlar hujumiga uchradi. 
Hozirda mazkur holat viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot kommunikasiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK xodimlari tomonidan bartaraf etilib, Surxondaryo viloyati hokimligi rasmiy veb-sayti (surxondaryo.uz)ning ishlashi ta’minlandi. Bu haqda viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar qildi. 
Shahar va tumanlar hokimliklari veb-saytlari ishchi holatini ta’minlash ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, viloyat hokimligi va uning quyi tuzimlari rasmiy veb-saytlarini takomillashtirish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha choralar belgilandi.
Mazkur veb-saytlarga uyushtirilgan hujum bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, jinoyat kodeksining bir qator moddalarida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va ularga nisbatan javobgarlik ko‘zda tutilgan.
Jumladan, kodeksning 278⁵-moddasiga ko‘ra, o‘zganing kompyuter uskunasini yoki xizmatda foydalaniladigan kompyuter uskunasini qasddan ishdan chiqarish, xuddi, shuningdek, kompyuter tizimini buzish (kompyuter sabotaji):
3 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima;
2 yilgacha ozodlikni cheklash;
2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu harakatlar bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, shuningdek, takroran yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa:
2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
2 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, deyilgan rasmiy xabarda. 
 
Eslatib o‘tamiz, xakerlar tomonidan saytda qoldirgan xabarda ular butun viloyat hokimligi tizimiga kirganini, viloyat hokimi «yaxshi mutaxassislarga e’tibor qaratmasa», uning yopiq qaror va farmoyishlari tarqatib yuborilishi aytilgan. Xakerlar tomonidan xokimlikning AKT bo‘limida ishlaydigan xodimning kaltaklangani va ishdan olingani aytilgan edi, unga javoban hokimlik ushbu iddaolarning barchasini rad etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан