Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryo viloyati hokimligi saytining xakerlar tomonidan buzilishi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirildi
6.01.2021 14:46,  
545

 Bugun 6 yanvar kuni Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimliklarining rasmiy saytlari xakerlar hujumiga uchraganligi haqida avval ma’lum qilgan edik. “Clone Security” guruhi ushbu hujumni o‘z zimmasiga olgan.

"Hozirda saytlarni asl holida ishlatish choralari ko‘rilayotgan bir paytda ayrim internet nashrlarida viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUKda ishlab ketgan xodimlardan birining hokimlik ishlar boshqaruvchisi tomonidan o‘z ish kabinetida o‘zaro kelishmovchilik sabab kaltaklangani, viloyat hududidan chiqib ketish sharti qo‘yilgani, shuningdek, xodim Prezident Virtual qabulxonasiga qilgan murojaati uchun rasman ishdan olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi xabarlarda keltirilayotgan mazkur holatlarni rad etib, Sizlardan aholi orasida turli mish-mishlar paydo bo‘lishiga, ularda salbiy fikr va ishonchsizlikni shakllantirishga olib keladigan ushbu mazmundagi  yolg‘on ma’lumotlarga  ishonmaslikni so‘raydi" - deyiladi viloyat hokimligi rasmiy munosabatida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан