Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryo viloyati respublikada davlatga g‘alla topshirish rejasini birinchi bo‘lib bajardi
19.06.2019 22:33,  
14

Surxondaryo viloyati g‘allakorlari mamlakatda birinchilardan bo‘lib davlatga g‘alla topshirish rejasini ortig‘i bilan bajardi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyatning davlatga don sotish rejasi 266,2 ming tonnani tashkil etib, amalda 100 foizdan oshirib bajarildi. Xususan, Angor tumani 142 foiz, Jarqo‘rg‘on, Muzrobod, Termiz, Sariosiyo tumanlari 107—110 foizga va Boysun, Qiziriq, Sherobod tumanlarida esa 101—103 foizdan rejani ortig‘i bilan bajarildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30-sentyabrdagi «2019 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va boshoqli don yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risida»gi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida hududda joriy yil hosili uchun 93 ming gektar suvli va 4,2 ming gektar lalmi maydonlarda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish ishlari amalga oshirilgan. Hudud bo‘yicha suvli maydonlarga ekilgan g‘alla maydonlarini «zang» kasalligi, zararkunandalar va begona o‘tlarga qarshi profilaktik kimyoviy ishlovlar tizimli ravishda o‘tkazildi.

Mavsumda olib borilgan bu kabi sa’y-hararkatlarni sifatli amalga oshrishda omilkor dehqon va fermerlarning ko‘rsatgan jonbozligi muhim ahamiyat kasb etdi.

Joriy yilda respublika bo‘yicha 470 ming tonna yoki har gektaridan 50,5 sentnerdan don ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Viloyatda doni yig‘ishtirib olinmagan g‘allazorlarda o‘rim-yig‘im qizg‘in davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан