Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryo viloyatida yangi suv ombori quriladi
30.09.2019 20:04,  
344

“Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

“Bosh loyiha tashkiloti “O‘zsuvloyiha” AJ tomonidan 13,15 mln. kub metr hajmdagi sel suv ombori qurilishi nazarda tutilgan “Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”, - deyilgan hujjatda.

Qarorga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ilova qilingan. Unga ko‘ra, loyihaning umumiy qiymati – 30 mln. dollar ortiq mablag‘. Sug‘oriladigan maydon – 6,6 ming ga. Loyihani amalga oshirish muddati 2023 yil 30 aprel deb belgilangan.

Shuningdek, 10 kishidan iborat suv omboridan foydalanish xizmatini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан