Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda aholining chorvasini bo‘g‘izlab kelgan noma’lum hayvonning bolalari topildi
26.05.2021 18:46,  
538

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Muzrabod tumanida odamlarning qo‘ylarni bo‘g‘izlab ketayotgan noma’lum hayvon urib o‘ldirilgani aytilgan video tarqaldi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, mazkur holat 24—25 may kunlari joyiga chiqib o‘rganilgan.

Ma’lum qilinishicha, noma’lum hayvon tomonidan 10 dan ortiq chorva mollari bo‘g‘izlab ketilgan va mahalla fuqarolari yig‘ilib, tunda hayvonni ta’qib qilgan va tayoqlar yordamida urib o‘ldirgan.

Mahalliy aholi vakillaridan birining so‘zlariga ko‘ra, noma’lum yirtqich uy hayvonlarini bo‘g‘izlab, ularning qonini ichib ketgan, go‘shtini yemagan. Uning ortidan kelgan daydi itlar esa o‘lgan jonzotning go‘shtini yeb kelgan.

Mazkur yirtqich kunduz kunlari ham qishloqqa kelgani sabab aholi yosh bolalaridan xavotirda yurgan.

«300 ga yaqin yoshlar kechasi soat 04:00—05:00 largacha uxlamay chiqdi. Uchastka noziri bilan ovchilar hayvonning kattasini ushladi va u yoqib yuborildi», — deydi Abduhamid Rashidov ismli fuqaro.

Shundan so‘ng, «Oriyat» mahallasi hududidagi «Shomurodov Akbar» fermer xo‘jaligiga qarashli dalaning chetida ikki bosh noma’lum hayvonning bolalari topib olingan. Hozirda ushbu hayvon bolasi qarovsiz qolib ketgani va ushbu hayvonni saqlab qolish hamda turini aniqlash maqsadida Termiz hayvonot bog‘iga topshirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан