Surxondaryoda avtomobil portlab ketdi

Surxondaryoda avtomobil portlab ketdi

Foto: yhxbb.uz

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida ichida gazballonlari bo‘lgan avtomashina portlab ketdi. Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 12 avgust kuni soat 19:05 larda Boysun tumani “Inkabod” mahallasi hududidan o‘tgan 4R-105 avtomobil yo‘lining 33-kilometrida sodir bo‘lgan. 

Foto: yhxbb.uz 

Haydovchi U.X. (1981 y.t.) “Vaz-2107” rusumli avtomobilga 6 dona propan gaz to‘ldirilgan ballonlarni ortib, “Denov-Boysun” yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, avtomashina salonida sigaretni tutashish maqsadida olov yoqqan vaqtida chaqnash sodir bo‘lib, yong‘in yuzaga kelgan.

Foto: yhxbb.uz

Natijada, haydovchi U.X. avtomashinani to‘xtatib, salon old o‘rindig‘ida o‘tirgan o‘g‘li 2011 yilda tug‘ilgan D.I.ni kuyish tan jarohatlari bilan salon ichidan olib chiqqan. Transport vositasi yong‘in oqibatida to‘liq zararlangan.

Foto: yhxbb.uz 

9 yoshli D.I. 30-35% kuyish tan jarohatlari bilan tuman shoshilinch tez tibbiy bo‘limiga yotqizilgan. Tibbiy muolajalar ko‘rsatilishiga qaramay, joriy yilning 14 avgust kuni soat 15:30 larda voyaga yetmagan D.I. vafot etgan.

Foto: yhxbb.uz

Mazkur holat yuzasidan Surxondaryo viloyati, Boysun tuman FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.