Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda ayol o‘zi va farzandlarini kanalda cho‘ktirmoqchi bo‘ldi
31.10.2021 20:50,  
231

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida ayol o‘zi va farzandlarini suvga tashlamoqchi bo‘ldi.

Surxondaryoda ayol 20 oktyabr kuni soat 9:30 atrofida o‘zi va farzandlarini suvga tashlash maqsadida "Zang" kanali bo‘yiga keladi. Oiladagi muammolar ayolni shunday mudhish jinoyatga undaydi. Ammo uning niyati amalga oshmay qolgan.

Yaqin atrofni nazorat qilib yurgan ichki ishlar xodimi Bobomurod Arnoqulov ayolning harakatlaridan shubhalanib, uning yoniga boradi. Maqsadini bilgach, vaziyatni yumshatishga, bunday ishni qilmaslikka da’vat qiladi. Ana shundan so‘ng ayol bu fikridan qaytadi.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан