Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda AYoQShdagi yong‘in natijasida payvandchi vafot etdi
6.05.2021 12:09,  
130

Hodisa 4 may kuni soat 09:30 da Sho‘rchi tumani «Ozod» mahallasi hududida joylashgan MChJga qarashli qurilishi tugallanmagan AYoQSh binosida sodir bo‘lgan. 

Mazkur binoda payvandlash ishlarini olib borayotgan 52 yoshli A.A. shaxobcha hovlisida joylashgan 20−25 tonnalik benzin va dizel yoqilg‘isini saqlash uchun mo‘ljallangan sisterna ustiga bir o‘zi payvandlash uskunasini olib chiqgan. U payvandlash ishlarini boshlagan vaqtida sisterna ichida yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lganligi natijasida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in oqibatida A.A. «butun tanasining 90−95% termik kuyishi» tashxisi bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan MChJ rahbari 45 yoshli I.N. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан