Surxondaryoda «Damas»ga 12 nafar yo‘lovchi olgan haydovchi ushlandi (video)

Surxondaryoda «Damas»ga 12 nafar yo‘lovchi olgan haydovchi ushlandi (video)

Surxondaryo viloyati, Termiz tumani hududidan o‘tgan M 39 avtomobil yo‘lining 1441-kilometrida YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan «Damas» avtomashinasida haydovchi 12 ta yo‘lovchi bilan ketayotganligi aniqlangan. IIV YHXBBning ma’lum qilishicha, haydovchiga belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

 

Shuningdek, vazirlik barcha haydovchilardan odam tashish qoidalariga amal qilishlarini, yo‘lovchilar o‘z salomatliklari uchun haydovchining qoidabuzarligiga ko‘z yummasliklarini so‘rab qoladi.