Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda erkak onasini armatura bilan urib, qo‘rqitdi
12.06.2021 20:35,  
211

Ijtimoiy tarmoqlarda "Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tuman IIB xodimlari nima sababdan "Xo‘ja qishloq" mahallasida istiqomat qilayotgan fuqaroni xafa qilgan” sarlavhasi ostida video lavha tarqalgandi. Jarqo‘rg‘on tumani IIB bu borada ma’lumot berdi.

Jarqo‘rg‘on tumani “Xo‘jaqishloq” mahallasida yashovchi Sh.J. spirtli ichimlik iste’mol qilishga ruju qo‘yib, oila a’zolari bilan uy-joy masalasida davom etib kelayotgan nizosi sababli, 2021 yil 11 iyun kuni soat 14.30 larda mast holatda uyiga borib, o‘zi bilan birgalikda istiqomat qiluvchi onasi Sh.R. bilan tortishib qolib, qo‘lidagi armatura bilan onasi Sh.R.ni urib, boshqalarni ham “o‘ldiraman”- deb, janjal qiladi.

Fuqaro Sh.R. janjalni tinchitish va o‘g‘li Sh.J.ga chora ko‘rish maqsadida, Jarqo‘rg‘on tumani IIB HPB profilaktika inspektorlariga telefon qilib, ularni uyiga chaqiradi.2021 yil 11 iyun kuni soat 17.00 larda Jarqo‘rg‘on tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari Sh.R.ning uyiga borib, Sh.J.ning yonida olib yurgan pichog‘ini olib qo‘yib, Sh.J.ni tinchlantirish uchun yaqin qarindoshi Q.Sh.ga topshiradi. Shu kuni soat 23.00 larda Sh.R. Jarqo‘rg‘on tuman IIBga telefon orqali murojaat qilib, Sh.J do‘konga borib fuqarolar bilan janjallashayotganligini bildiradi.

Jarqo‘rg‘on tumani IIB 3-sonli IIB boshlig‘i, HPB profilaktika inspektorlari Jarqo‘rg‘on tumani “Mingchinor” mahallasida joylashgan do‘kon yoniga borib, Sh.J. fuqarolar bilan tortishayotgani sababli 3-sonli IIB binosiga olib borishadi. Fuqaro Sh.J. Ichki ishlar bo‘limi xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaganligi va qarshilik ko‘rsatganligi sababli spirtli ichimlik iste’mol qilgan yoki qilmaganligini tekshirish maqsadida, tuman tibbiyot birlashmasi narkolog xonasiga olib borilib, tan jarohatlari va spirtli ichimlik iste’mol qilganligi holati yuzasidan tekshiruvdan o‘tkazilib, tuman IIB binosiga olib kelingan va fuqarolarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd etilib, so‘rov-suhbat xonasida profilaktik suhbat o‘tkazilib, yashash manziliga ketishi uchun javob berilgan.

Fuqaro Sh.J.ga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan biror-bir tan jarohati yetkazish holati bo‘lmagan.Fuqaro Sh.J 2021 yil 11 iyun kuni spirtli ichimlik iste’mol qilib, fuqarolarning tinchligini buzganligi va ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi holati yuzasidan, Jarqo‘rg‘on tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан