Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda fuqaro daraxtdan o‘rik dovchasini olgani uchun 13 yoshli o‘spirinni pichoqladi
16.04.2021 17:27,  
1581

2021 yilning 12 aprel kuni soat 19:45larda fuqaro 46 yoshli Sh.Ural Termiz shahar “Kokildor-ota” mahallasida joylashgan yashash uyi yonida voyaga yetmagan 13 yoshli T.Azizbek  o‘ziga tegishli bo‘lmagan o‘rik daraxtidagi g‘o‘ra (dovcha)larni olayotganligini ko‘rib, unga ketishini aytib haydagan va janjal vaqtida pichoq bilan voyaga yetmagan T.Azizbekning qorin sohasiga bir marotaba urib, jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi. 

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida T.Azizbek hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlar olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Sh.Uralga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан