Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda haydovchiga “yalingan” YPX xodimi ishdan olindi
8.01.2021 17:12,  
1320

    Surxondaryo viloyatida YPX xodimi haydovchi o‘z mashinasini yo‘l chetiga to‘sib to‘xtatganligi uchun ma’muriy bayonnoma tuzgan va 6 million so‘m atrofida jarima to‘latgan. 2020-yilning 18-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda haydovchi mazkur holat sudda tegishlicha hal qilinishini aytgan. Videodan ko‘rish mumkinki, YPX xodimi haydovchini to‘xtatib, undan uzr so‘ragan. Tushunmovchilik bo‘lganini va o‘zining qilmishini tan olib, ushbu ishni o‘zaro kelishib hal etishni taklif qilgan. IIV YHXBB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, hukumat qarori bilan tasdiqlangan YPX xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari tartibi to‘g‘risidagi nizom hamda IIVning me’yoriy buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Surxondaryo viloyati IIB YHXB xodimi B.Izbosarov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.
   “Barcha DYHXX xodimlaridan belgilangan tartib va qoidalar asosida xizmat olib borishlarini so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан