Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda «Jiguli»da 16 kishini olib ketayotgan haydovchi to‘xtatildi
19.05.2021 21:00,  
249

Surxondaryo viloyatida 16 nafar fuqaroni o‘z mashinasiga mindirib harakatlangan haydovchi YPX xodimlari tomonidan ushlandi. Bu haqida Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, joriy yilning 15 may kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l patrul inspeksiyasi xodimlari tomonidan viloyatning olis tuman va shaharlarida yo‘l transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan maxsus reyd tadbirlari bo‘lib o‘tgan.

Reydlar davomida 75 N 574 AA raqamli «Jiguli» rusumli avtotransport vositasi inspektorlar tomonidan to‘xtatilganda, ushbu transport vositasining konstruksiyasida belgilanmagan, ya’ni o‘rindiqlar sonidan oshiq yo‘lovchilar harakatlanib kelayotganligi aniqlangan.

“Mashinada 16 nafar fuqarolarning borligi aniqlandi. Bu bo‘yicha avtotransport egasiga nisbatan Yo‘l harakatlari qoidalarining 159-moddasi bilan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bundan tashqari, fuqarolarga haydovchining qilgan huquqbuzarligi, uning qonunga rioya qilmaganligi va bunaqa jarayonlarda ayanchli yo‘l transport hodisasi kelib chiqishi mumkinligi haqida tushunchalar berildi”, – deydi Surxondaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati xodimi Elnur Abrayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан