Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda maktab o‘qituvchisi jinoyat ustida ushlandi
30.06.2021 21:34,  
539

Qiziriq tumanida fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament.

Departamentning Qiziriq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi umumiy o‘rta-ta’lim maktabi o‘qituvchisi Sh.D. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘lini 4 000 AQSh dollari evaziga Toshkent shahridagi tanishlari orqali O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан