Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda «Nexia-2» sakkiz yoshli maktab o‘quvchisini urib yubordi
28.02.2021 20:32,  
173

24 fevral kuni Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida soat 13:20 larda «Nexia-2» haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan maktab o‘quvchisini urib yuborishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV YHXBBga asoslanib, Zamon.uz xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, YTH 24 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Gulchechak mahallasidan o‘tuvchi 4N-1589 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, «Nexia-2» haydovchisi urib yuborgan maktab o‘quvchisi Oltinsoy tumani 59-sonli maktab o‘quvchisi, 8 yoshli qiz jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

«Sho‘rchi tumaniga ketayotganimda bir yosh bola yo‘limga chiqib qoldi. Signal va tormozni bosib, chap tarafga burdim. Shunda ham qiz yugurishdan to‘xtamadi, mashinaning o‘ng tarafi bilan uni urib yubordim. O‘zim birinchi yordamni ko‘rsatib, shifoxonaga olib bordim», — deydi haydovchi.

Qayd etilishicha, ishchi guruh o‘rganishlari davomida avariya sodir bo‘lgan hududdagi yo‘lning ustki qismi tekis, yo‘l chiziqlari umuman chizilmagani va aholi zich joylashgan bo‘lib, piyodalar o‘tish yo‘llari tashkil etilmagani ma’lum bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан