Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda qaynaka uy talashib kelinni urgani aytilgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi
3.05.2021 08:44,  
3285

Ijtimoiy tarmoqlarda bir erkakning ayolni kaltaklayotgani aks etgan video tarqaldi. Unda voqea Surxondaryoda bo‘lgani, qaynaka uy talashib kelinni urgani aytilgan. Surxondaryo viloyati IIB ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, videodagi holat Denov tumanida yuz bergan. Tumanning «Buyuk ipak yo‘li» mahallasida yashovchi Q.S. 22 aprel kuni viloyat IIB 102 raqamiga qo‘shnisi X.G. urib tan jarohati yetkazganligini ma’lum qilgan. Ushbu murojaat, shuningdek, tuman markaziy kasalxonasining 25 apreldagi xabarnomasi navbatchilik qismida qayd etilib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari tuman IIO FMB 2-son IIB tomonidan olib borilmoqda.

Fuqaro Q.S.ning murojaatlari bo‘yicha sud-tibbiyot ekspertizasi o‘tkazilgan va kaltaklangan ayolning olgan tan jarohati yengil tan jarohati toifasiga kiradi deb xulosa chiqarilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganligi sababli yakuni bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishi bildirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан