Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda soxta DXX xodimlari qo‘lga olindi
6.03.2019 11:36,  
31

Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyat boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti xodimlari tomonidan firibgarligi uchun muqaddam sudlangan Jonibek Azimov va Nurali Xudoyberdiyev qo‘lga olindi.

Mazkur shaxslar o‘zlarini Davlat xavfsizlik xizmati idoralarida ishlayman deya tanishtirib, odamlarning ishonchiga kirib, ularning farzandlarini oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kiritish, muddatli harbiy xizmatga yuborish va huquq-tartibot idoralariga ishga joylashtirishni va’da qilib, ulardan pul talab qilib kelishgan.

Lekin tekin non ilinjida yashagan bu kimsalarning keyingi firibi ish bermadi. Bu gal ular yana bir fuqaroni ichki ishlar organlariga ishga kiritish evaziga 2 mln 200 ming so‘mni Termiz shahrida olayotgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, J.Azimov va N.Xudoyberdiyev ushbu shaxsni ishga joylash bahonasi bilan muqaddam undan 3900 AQSh dollari ham olishgan.

Bundan tashqari, yana bir fuqaroni “Milliy gvardiya”ga ishga kiritishni va’da qilib, undan 3300 AQSh dollari miqdorida pul olishgan.

Shuningdek, boshqa bir fuqaroning farzandini DXX Chegara qo‘shinlariga harbiy xizmatga kiritishni va’da qilib, undan 3 ming AQSh dollari va 6 mln 600 ming so‘m olishgan.

Tergovoldi surishtiruv ishlari davomida Nurali Xudoyberdiyevning yashash joyi ko‘zdan kechirilganda soxta hujjatlar, blankalar hamda harbiy kiyim topildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан