Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda tez yordam xizmatiga 20 ta Damas topshirildi
4.01.2021 09:34,  
92

Surxondaryoda 2 yanvar kuni shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida tuman tibbiyot birlashmalariga 20 ta Damas topshirildi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Ma’lum qilishlaricha, ushbu transport vositalari 14 ta tumandagi TTBning tez yordam bo‘limlari va tez tibbiy yordam ko‘rsatish shoxobchalariga berildi. «Natijada yana 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi», — deyiladi hokimlik axborotida. Avtomobillarni topshirish marosimida viloyat hokimi To‘ra Bobolov ham ishtirok etib, tizim xodimlariga samarali faoliyati uchun minnatdorlik bildirgan.

Shunday qilib, viloyatda tibbiyot sohasida xizmat ko‘rsatayotgan tez yordam mashinalari soni 212 taga yetgan. Qo‘shimcha qilishlaricha, yaqin vaqt ichida tez tibbiy yordam bo‘limlarining chekka va olis hududlardagi shoxobchalariga yana 20 ta maxsus avtomashina ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq, 18 dekabr kuni Toshkent yoshlar forumi doirasidagi chiqishi chog‘ida sog‘liqni saqlash vaziri birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasi ehtiyojlari uchun Damas avtomobillarini sotib olish amaliyoti to‘xtatilganini ma’lum qilgan edi.

«Avvallari iqtisodiyot imkoniyatlaridan kelib chiqib, Damas sotib olinardi. Hozir tibbiyot uchun Damas yetkazib berish to‘xtatilgan. Faqat yangi va zamonaviy avtomobillar joriy etilmoqda, ular orasida Samarqandda ishlab chiqarilganlari ham, chet el mamlakatlaridan olib kelingan xorijiy avtomobillar ham bor. Sog‘liqni saqlash tizimi avtoparki to‘liq yangilanmoqda. Damas sotib olish to‘xtatilgan», — degandi SSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Inoyatov.

2019 yil noyabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 2500 ga yaqin tez tibbiy yordam mashinalari bo‘lib, ulardan 2217 tasi Damas avtomobillari edi. O‘sha vaqtda sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari (hozirda shu vazirlik rahbari) bo‘lgan Abduhakim Hojiboyev 2021 yilgacha Damas mikrovenlari bazasidagi barcha tez tibbiy yordam mashinalari zamonaviy reanimobillarga almashtirilishini ma’lum qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан