Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryoda to‘satdan joni uzilgan shaxsning o‘limi sababi aniqlandi
12.03.2021 20:59,  
2655

2021 yilning 10 mart kuni soat 15:20 larda Jarqo‘rg‘on tumani IIB ga «Polvonlar yurti» MFYda yashovchi 55 yoshli Ernazar X. uyida to‘satdan vafot etganligi yuzasidan xabar kelib tushgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yilning 9 mart kuni soat 19:30 larda 39 yoshli Muxtor T., fuqaro Ernazar X. ni mast holatda yashash uyiga kelayotganligini ko‘rib, u bilan janjallashib, tanasining turli joylariga tepib tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan ketib qolgan. Ernazar X. ariqda yiqilib yotganini qo‘shnilari ko‘rib, uyiga olib borib qo‘yishgan. Ernazar X. olgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Muxtor T.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

«Hurmatli fuqarolar ba’zi hollarda birinchi taassurot aldamchi bo‘lishi mumkin, agarda siz behush yoki yordamga muhtoj fuqaroni ko‘rgan bo‘lsangiz darhol 103 yoki 102 qisqa raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishingizni so‘raymiz. Befarq bo‘lmang!», deyiladi Tergov departamenti xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан