Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Surxondaryodagi maktabda o‘zaro janjallashgan o‘qituvchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
26.08.2021 23:24,  
1138

Surxondaryo viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan viloyatdagi maktablardan birining o‘qituvchilari o‘zaro janjallashayotgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 avgust kuni soat 10:00 larda viloyatning Qumqo‘rg‘on tumani 59-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi R.Azizbek, N.Nurilla, N.Nasiba, M.Baxtiyor o‘zlariga oldindan tanish bo‘lgan shu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi D.Xaitmurod o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Buning oqibatida ular bir-biri bilan janjallashib, urib-do‘pposlab, badanga yengil shikast yetkazishda ifodalangan bezorilik jinoyatini qasddan sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan 24 avgustda Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan R.Azizbek, N.Nasiba, N.Nurilla, M.Baxtiyor va D.Xaitmurodga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shu kunning o‘zida gumon qilinuvchi R.Azizbek, N.Nurilla, M.Baxtiyor va D.Xaitmurod Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirgi kunda Qumqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан